“O`zbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisi Mehriddin Abdullaevning topshirig`iga ko`ra, korrupsiyaga qarshi kurashish, moliyaviy va komplaens nazorati yo`nalishidagi xato-kamchiliklarni aniqlash va ularni kelgusida yo`l qo`yilishini oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar davom etmoqda. Bu haqda “O`zbekneftgaz” matbuot xizmati xabar bermoqda.
Xususan, “Maroqand neft bazasi”MChJga qarashli Bulung`ur filialida neft mahsulotlarining navbatdan tashqari inventarizasiyasi o`tkazildi.
O`rganishlar jarayonida, Bulung`ur filiali moddiy javobgar shaxsi X.L. javobgarligidagi neft mahsulotlari inventarizasiyadan o`tkazilganda, 7 ta vertikal po`lat sig`imlarga (RVS) qasddan texnik o`zgartirish kiritish
va qo`lbola usulda sig`im ichiga temir quvur joylashtirilganligi aniqlandi.
Buning natijasida tezkor ma`lumotlarga ko`ra jami 21 494,7 mln. so`mlik 2 573,5 tonna neft mahsulotlari kamomadiga yo`l qo`yilganligi va katta miqdorda talon-taroj qilinganligi holati aniqlandi.
Xususan:
- Ai-80 avtobenzinidan 18 340,4 mln.so`mlik 2 382,1 tonna;
- EKO markali dizel yoqilg`isidan 75,2 mln.so`mlik 4,7 tonna;
- TDL-05 markali dizel yonilg`isidan 1 752,1 mln.so`mlik 111,6 tonna;
- TD-K5 evro markali dizel yoqilg`isidan 1327,0 mln.so`mlik 75,1 tonna.
Holat yuzasidan o`rganishlar davom etmoqda va natijasi bo`yicha qo`shimcha axborot beriladi.






