AsosiyJamiyat

2022 yilning 6 oyida O`zbekistonda 97 nafar bola YTHda halok bo`ldi

'2022 yilning 6 oyida O`zbekistonda 97 nafar bola YTHda halok bo`ldi'ning rasmi

Bu haqda Senatning 29-yalpi majlisida ichki ishlar vazirining 2022 yilning birinchi yarim yilligida huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati to`g`risidagi axborotida qayd etildi. 

Ma`lum qilinishicha, Respublika hududida sodir etilgan yo`l-transport hodisalarining oldini olish ishlari ham bugungi kun talabi darajasida tashkil etilmagan.

Xususan, joriy yilning o`tgan 6 oyida bolalar bilan bog`liq 595 ta yo`l-transport hodisasi sodir etilib, ularda 529 nafar bola jarohatlangan, 97 nafari halok bo`lgan.

Mazkur masala yuzasidan Senatning tegishli qarori qabul qilindi.

    Boshqa yangiliklar