Toshkent shahrining Chilonzor tumanida "Tesla" va "Cobalt" mashinalari ishtirokida YTH sodir bo`ldi. Bu haqda poytaxt YHXB xabar berdi.
Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, bugun, 6 avgust kuni soat 8:30 larda Toshkent shahar, Chilonzor tumani Muqimiy va Arnasoy ko`chalari kesishgan chorraxada haydovchilar:
- 1990 yilda tug`ilgan N.N. boshqaruvidagi «Cobalt» rusumli transport vositasi;
- 1977 yilda tug`ilgan D.T. boshqaruvidagi «Tesla» rusumli transport vositalari ishtirokida yo`l transport hodisasi sodir bo`lgan.
Ma`lum qilinishicha, hodisa natijasida tan jarohati olganlar yo`q. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas`ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.






