Xabaringiz bor, kuni kecha xorijiy va nodavlat oliy ta`lim tashkilotlaridan hamda respublika davlat oliygohlariaro o`qishni ko`chirish bo`yicha arizalar qabuli yakunlandi.
Arizalarni ko`rib chiqish natijasiga asosan ko`plab murojaatlar tegishli hujjatlar to`liq yuklanmagani, so`ralgan hujjat o`rniga boshqasi kiritilgani, turdosh bo`lmagan yo`nalish belgilangani hamda yana boshqa sabablarga ko`ra rad etilgan.
Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi Matbuot xizmatining xabar berishicha, shuni inobatga olib, 5-avgustgacha transfer.edu.uz tizimidan respublika davlat OTMaro o`qishni ko`chirish bo`yicha ariza yuborgan, lekin arizasi rad etilgan talabalarga arizalarni qayta tahrirlash imkoniyati yaratildi.






