Davlat test markazi 2022-2023-o`quv yili uchun oliy ta`lim muassasalarining bakalavriat ta`lim yo`nalishlariga kirish test sinovlari o`tkaziladigan bino, stadion va xiyobonlarni tasdiqladi.
Unda quyidagi ma`lumotlar aks etgan:
- test sinovi o`tkaziladigan hududning rasmi;
- hududga kirish joylari;
- test sinovi o`tkaziladigan joy nomi;
- test sinovi o`tkaziladigan joy manzili;
- sektor raqami;
- test sinovi o`tkaziladigan guruhlar.
- joylarning Google xaritadagi geolokasiyasi.
Test sinovlari o`tkaziladigan bino, stadion va xiyobonlar haqidagi to`liq ma`lumotni quyidagi havola orqali bilib olish mumkin.