“EBS1” telekanali ijodiy guruhi filmning “O`zbekiston – shirin hislar mamlakati” nomli navbatdagi sonini tasvirga tushirmoqda.
Ma`lumotga ko`ra, mazkur sonda O`zbekistonning ko`zga ko`ringan maskanlari, o`zbek xalqining milliy taomlari, me`moriy yodgorliklari, madaniyati va an`analari hikoya qilinadi.
Ta`kidlanishicha, ijodiy guruhning Toshkent shahridan tashqari Qoraqalpog`iston Respublikasi, Samarqand, Xorazm, Toshkent viloyatlariga ham tashrifi rejalashtirilgan.
Eslatib o`tamiz, hujjatli filmni joriy yilning sentyabr oyida efirda namoyish etish mo`ljallangan.