AsosiyJamiyat

Davlat test markazi nogironligi tasdiqlanmagan abiturientlarga murojaat yo`lladi

'Davlat test markazi nogironligi tasdiqlanmagan abiturientlarga murojaat yo`lladi'ning rasmi

Ayni damda ayrim abiturientlar tomonidan nogironligim tasdiqlangani to`g`risida nima sababdan menga SMS kelmadi, degan murojaatlar ko`paymoqda.

Davlat test markazi direktori o`rinbosari Sardor Rajabov mazkur masalada ularga murojaat qildi.

Qayd etilishicha, hozirda hogironligi bor bo`lgan abiturientlarning ma`lumotlari tegishli tashkilot tomonidan tekshirilmoqda.

"Bu imtiyozni qayta tekshirishdan asosiy maqsad nogironligi bo`lmagan abiturient nogironligim bor deb kiritgan bo`lsa va u alohida kvotada qatnashib tavsiya etilgan taqdirda ham oliy ta`lim muassasasi uni o`qishga qabul qilmaydi. Shu sababli uni qayta tekshirish uchun yuborilgan.

Test sinovlarida ishtirok etish uchun nogironlikni tasdiqlangani yoki tasdiqlanmaganini aloqasi yo`q, nogironligi tasdiqlangan abiturientlar faqatgina tanlovda alohida kvotada ishtirok etadi. Nogironligi bor abiturientlarning ma`lumotlari tasdiqlanib kelgandan so`ng ularga SMS xabar yuboriladi",- deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar