Farg`onada ham qimmatbaho daraxtlar ommaviy qirg`in qilinmoqda (video)

Jamiyat 08.08.2022, 10:18
Teglar: Video, Toshkent, Farg`ona, daraxt
Farg`onada ham qimmatbaho daraxtlar ommaviy qirg`in qilinmoqda (video)

Farg`onada daraxtlar ommaviy qirg`in qilinmoqda, deya yozmoqda deputat Rasul Kusherbaev.

Deputatga kelgan murojaatga ko`ra, Farg`ona viloyati, O`zbekiston tumani, Qir ketmon mahallasida qimmatbaho daraxtlar ommaviy qirg`in qilinmoqda.  

"Elektrchilar kesib tashlayapti. Keyin muammo bo`lishini bilib, bir odam o`ldi shunga kesayapmiz, deb o`tvolishdi. Biroq hech kim o`lmagan. Kessa shohlarini kesmaydimi, bular butun daraxtlarni kesib tashlagan. Prezidentimiz chiqargan moratoiyni kuchi nima bo`ldi: bu yoqda davlat xodimlari o`lari istagancha daraxt kesib yotishibdi. Essiz shuncha yillik daraxtlar. Videoda ham ko`rsa bo`ladi, hammasi sog`lom daraxtlar. Iltimos shaxsim sir qolsin, bo`lmasam bosim qilishadi", - deya murojaatchi so`zalrini keltirmoqda Kusherbaev.

Shundan so`ng, holatga rasmiylar izoh bergan. Ma`lum qilinishicha, O`zbekiston tumani "Qirqketmon" MFY hududida elektr tarmoqlari xodimlari tomonidan daraxtlar ruxsatsiz, noqonuniy kesilayotgan  vaqtida ekoqo`mita xodimlari tomonidan to`xtatilib, qolgan daraxtlar saqlab qolingan ekan.

Ekologiya qo`mitasi matbuot xizmatining bildirishicha, 48 tup sosna, 9 tup shumtol va 30 tupdan ortiq mevali daraxtlar kesilishi natijasida 856 500 000 so`m miqdorida tabiatga zazar etkazilgan bo`lib, to`plangan hujjatlar chora ko`rish uchun Farg`ona viloyat prokuraturasiga yuborilgan.

Eslatib o`tamiz sal avval, Toshkentda 99 tup daraxtning ildizi qurilish sabab shikastlangani haqida xabar qilingan. Shundan so`ng, Ortiqxo`jaev zarar etkazilgan daraxtlar uchun poytaxt aholisidan uzr so`radi. Holat yuzasidan Bosh prokuratura tomonidan tekshirish o`tkazilmoqda. 

Sharhlar

⚡Chorvoqdan odam suyaklari topildi

28.03.2023, 08:58

27 mart kuni telegram-kanallarda Chorvoq suv omborida suv sathining pasayishi oqibatida yuzaga chiqib qolgan odam suyaklari aks etgan video tarqaldi. Video mualliflari tomonidan ushbu suyaklar bu...
Istanbulda turk erkak o`zi bilan birga yashab kelgan o`zbekistonlik 40 yoshli ayolni o`ldirib, bo`laklarga bo`lib, muzlatkichga solib qo`ydi (vieo)

24.03.2023, 19:56

Bahchelievlerda o`zi bilan birga yashagan 40 yoshli O`zbekiston fuqarosi Umida To`laganovani tosh bilan o`ldirib, jasadini bo`laklab, so`ng muzlatgichga qo`ygan 61 yoshli Riza Beler qo`lga olindi....
Istanbulda o`zbekistonlik erkak rashk sabab ayolni pichoqlab o`ldirdi (video)

15.03.2023, 12:05

Istanbulning Esenyurt tumanidagi turar joy kiraverishida o`zbekistonlik ayol rashk tufayli sevgilisi tomonidan avval kaltaklandi, keyin esa pichoqlandi. Og`ir tan jarohatlari bilan shifoxonaga etkazilgan ayol vafot...
Toshkentdagi 91-maktabda trenddagi qo`shiqqa video olgan direktor va o`rinbosarlar ogohlantirildi (video)

14.03.2023, 13:50

Yakkasaroy tumanidagi 91-maktabda direktor va uning o`rinbosarlari mashhur "Za dengi da" qo`shig`iga qalbaki dollar sochgan holda olgan hazilomuz videosi tarqaldi. Holat yuzasidan Yakkasaroy tuman hokimligi munosabat bildirdi.  Ma`lum...