1

Qashqadaryoda bir oila a`zolari behayo suratlarni tarqatish bilan qo`rqitib ayoldan 3 ming dollar undirmoqchi bo`ldi

Jamiyat 14.08.2022, 10:39
Qashqadaryoda bir oila a`zolari behayo suratlarni tarqatish bilan qo`rqitib ayoldan 3 ming dollar undirmoqchi bo`ldi

2022 yil 8 avgust kuni Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanida yashovchi fuqaro N.Z. viloyat IIBga ariza bilan murojaat qilib, joriy yilning 1 avgust kuni telegram messenjeri orqali noma`lum profil foydalanuvchisi unga tegishli bo`lgan behayo fotosuratlarini o`ziga yuborib, rasmlarni internet tarmog`ida tarqatmaslik va turmush o`rtog`iga yubormaslik evaziga 3.000 AQSh dollari pullarni va tilla taqinchoqlarni berishini talab qilganligini ma`lum qilgan. Bu haqda IIV xabar bermoqda.

O`tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida telegramdagi noma`lum profil orqali moddiy qimmatliklarni talab qilgan shaxslar Kasbi tumanida yashovchi aka-uka Sh.U.M, Sh.O.M va ularning kelinoyisi U.Yu.O hamda uning singlisi U.D.O.lar o`zaro jinoiy til biriktirib sodir etganligi aniqlanib, ashyoviy dalillar bilan qo`lga olindi va jinoyat ishi qo`zg`atildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1