1

Mahmud Murodov O`zbekiston Qurolli Kuchlari safiga qo`shildi

Jamiyat 15.08.2022, 08:20
Mahmud Murodov O`zbekiston Qurolli Kuchlari safiga qo`shildi

O`rta vaznda UFC jangchisi Mahmud Murodov O`zbekiston Qurolli Kuchlari safiga qo`shildi. Bu haqda jangchi o`z Instagram sahifasida xabar berdi.

Mahmud Murodov bir qator sportchilar va xodimlar qarshisida qasamyod qabul qildi.

"O`zbekiston Respublikasiga va Prezidentimga sadoqat bilan xizmat qilaman!", — deb yozdi jangchi o`z sahifasida.

Ma`lumot uchun, Murodov Chexiya bayrog`i ostida ham janglarda qatnashardi. Biroq uning Chexiyadagi vizasi "jamiyat uchun xavfli" ayblovi bilan bekor qilingandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1