Namanganda bir oila tarvuzdan zaharlandi. Er-xotin vafot etdi

Jamiyat 15.08.2022, 12:00
Namanganda bir oila tarvuzdan zaharlandi. Er-xotin vafot etdi

Namangan viloyati Norin tumanida bir oila tarvuzdan zaharlandi, ularning ikki nafari vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati Darakchi.uz`ga xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2022 yil 11 avgust soat 09:30 larda Norin tumani, “Katta yaydoq” MFY, G`.G`ulom ko`chasi 115-uyda yashovchi fuqarolar J.X., uning turmush o`rtog`i M.E. va farzandlari G.X., R.X. hamda nabiralari S.R., U.R. o`z yashash xonadonida ovqat va 2022 yil 7 avgust kuni tuman dehqon bozori old qismidan sotib olgan hamda ikki kun muzlatkichda saqlab, 2022 yil 9 avgustda iste`mol qilgan tarvuz mahsulotidan zaharlangan. Oqibatda J.X. va uning turmush o`rtog`i M.E. yashash xonadonida vafot etgan.

Fuqaro G.X., R.X. va ularning farzandlari tuman tibbiyot birlashmasiga joylashtirilgan.

Norin tumanlararo STEBning 11.08.2022 yildagi 71 va 72-sonli dastlabki ma`lumotiga ko`ra, marhum J.X va M.Elarning o`limiga – noma`lum ovqat mahsulotidan zaxarlanishi, ichki a`zolar shok holati, qonni suyuq holda bo`lishi, surunkali yurak ishemik kasalligi, o`tkir miya o`pka shishi, o`tkir yurak qon tomir va nafas etishmovchiligi sabab bo`lganligi ko`rsatilgan.

Fuqaro J.X. va M.E.ning vafot etgani, fuqaro G.X. va uning farzandlari hamda singlisi R.X. zaharlangani sababiga aniqlik kiritish maxsus bilim talab qilishini inobatga olib, sud-tibbiy ekspertiza tayinlandi.

Hozirda mazkur holat bo`yicha tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1