Xitoy Tashqi ishlar vazirligi AQSh Kongressi delegasiyasining Tayvanga tashrifini hududiy yaxlitlikni buzish deya baholadi

Dunyo 15.08.2022, 17:11
Teglar: Xitoy, Tayvan
Xitoy Tashqi ishlar vazirligi AQSh Kongressi delegasiyasining Tayvanga tashrifini hududiy yaxlitlikni buzish deya baholadi

AQSh delegasiyasining Tayvanga tashrifi “yagona Xitoy” tamoyiliga zid, shuningdek, Xitoy suvereniteti va hududiy yaxlitligini buzish hisoblanadi. Bu haqda bugun, 15 avgust kuni Xitoy Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Van Venbin brifingda aytib o`tdi.

“Bu “Yagona Xitoy” tamoyili va Xitoy-AQSh qo`shma kommmunikelari, XXR suvereniteti va hududiy yaxlitligi qoidalarini qo`pol ravishda buzishdir. Bundan tashqari, bu Tayvandagi separatist kuchlarga noto`g`ri signal yuboradi”, - deya izoh berdi u.

“Milliy birlashishni amalga oshirish Xitoy xalqining umumiy irodasi va to`xtatib bo`lmaydigan tarixiy tendensiyadir”, - dedi diplomat.

Shuningdek, u Xitoy “Xitoy-AQSh munosabatlariga yanada zarar etkazish”ning oldini olish uchun Qo`shma Shtatlarni “yagona Xitoy” tamoyiliga amal qilishga chaqirishini ta`kidladi.

Pekin milliy suverenitet va hududiy yaxlitlikni himoya qilish uchun qat`iy va samarali choralar ko`radi, dedi Venbin. Diplomatning ta`kidlashicha, Tayvan mustaqilligi tarafdori buzg`unchi kuchlar bilan qo`shilishga urinayotgan va "yagona Xitoy" tamoyiliga qarshi turishda o`z kuchini haddan tashqari oshirib yuboradigan bir nechta amerikalik siyosatchilar, albatta, barbod bo`lishadi.

Sharhlar

⚡️Xitoyda bir kunda 37 millionga yaqin odam COVID-19 bilan kasallandi

23.12.2022, 20:25

20 dekabr kuni bir kunda Xitoyda 37 million kishi koronavirus bilan kasallandi. Bu haqda Bloomberg agentligi Xitoy sog`liqni saqlash milliy komissiyasining yopiq yig`ilishiga tayanib xabar...
Yoqutistonda -61, Xitoyda -48, Shotlandiya vodiysida ilk bor -15, AQShda qor bo`ronlari va muzlab qolgan Moskva... Dunyo g`ayritabiiy sovuqdan aziyat chekmoqda

14.12.2022, 10:23

Rossiya hududiga, xususan, Sharq mintaqalarida g`ayritabiiy sovuqlar yaqinlashmoqda. Shuningdek, Xitoy, AQSh va Buyuk Britaniya kabi mamlakatlar aholisi noldan past haroratdan aziyat chekadi. Bu haqda "24-kanal"...
Xitoy TIV vakili AQShning ettita davlatni bosib olish haqidagi rejasini e`lon qildi. U qaysi davlatlar? (video)

12.10.2022, 11:42

Pekin Vashingtonga besh yil ichida etti davlatni bosib olish rejasini eslatdi. Xitoy Tashqi ishlar vazirligi vakili AQSh armiyasining iste`fodagi generali Uesli Klarkning Pentagonning 20 yil...
Xitoyning eng yirik megapolislaridan biri bo`lgan Chendu shahrida lokdaun e`lon qilindi

01.09.2022, 13:07

Xitoyning yirik megapolislaridan biri bo`lgan Chendu shahri COVID-19 epidemiyasining markazi deb e`lon qilindi. Ma`lumotlariga ko`ra, shaharda karantin joriy qilingan.Kechki soat oltidan keyin Chendu ko`chalarida komendantlik soati...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1