AsosiyJamiyat

Qarshida Pensiya jamg`armasi xodimi 500 AQSh dollari bilan ushlandi

'Qarshida Pensiya jamg`armasi xodimi 500 AQSh dollari bilan ushlandi'ning rasmi

Yana bir mas`ul pora bilan qo`lga tushdi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati prokuraturasi xabar qildi. 

Ma`lum qilinishicha, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari pensiya jamg`armasi Qarshi tumani bo`limi xodimi T.T fuqaro D.Oni nafaqaga chiqarib berish evaziga 500 AQSh dollari talab qilib olgan vaqtida ushlanganligi holati yuzasidan Jinoyat kodeksining 214-moddasi  jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Dastlabki tergov natijasiga ko`ra, jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan sudga yuborilgan.    

    Boshqa yangiliklar