AsosiyJamiyat

O`zbekistondagi ziyoratgohlar ro`yxati yagona milliy turistik axborot portaliga joylashtirildi

Xabar berilishicha, Turizm va madaniy meros vazirligi hamda Qoraqalpog`iston Respublikasi...

'O`zbekistondagi ziyoratgohlar ro`yxati yagona milliy turistik axborot portaliga joylashtirildi'ning rasmi

Xabar berilishicha, Turizm va madaniy meros vazirligi hamda Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga 2022-yil 1-sentyabrga qadar respublikadagi muqaddas qadamjolar va ziyoratgohlarning ro`yxatini shakllantirish va “Uzbekistan.travel” yagona milliy turistik axborot portaliga joylashtirish vazifalari yuklatilgandi.  

Shunga asosan, respublika hududlarining “chorlovchi nuqta”si sifatida turizm yo`nalishlariga kiritish yuzasidan respublikadagi muqaddas qadamjolar va ziyoratgohlarning ro`yxati shakllantirilib, ziyoratgohlar nomi, ob`ektning tashqi tomondan ko`rinishi aks etgan suratlari, manzili hamda obekt to`g`risida qisqacha ma`lumotlari “Uzbekistan.travel” yagona milliy turistik axborot portaliga joylashtirildi.

    Boshqa yangiliklar