AsosiyJAMIYAT

Keyingi yildan 14 ta pedagogik yo`nalish sirtqi ta`lim shakliga qabul bo`lmaydi

Prezident qaroriga muvofiq, 2023/2024 o`quv yili qabulidan boshlab pedagogik kadrlar tayyo...

'Keyingi yildan 14 ta pedagogik yo`nalish sirtqi ta`lim shakliga qabul bo`lmaydi'ning rasmi

Prezident qaroriga muvofiq, 2023/2024 o`quv yili qabulidan boshlab pedagogik kadrlar tayyorlovchi oliy ta`lim muassasalarining ilovada ko`rsatilgan 14 ta ta`lim yo`nalishi bo`yicha sirtqi ta`lim shakliga qabul amalga oshirilmaydi.

Ushbu ro`yxatda ko`rsatilmagan pedagogika sohasidagi ta`lim yo`nalishlariga sirtqi ta`lim shakli bo`yicha o`qishga ta`lim tizimida pedagogik faoliyatga oid kamida besh yillik ish stajiga ega bo`lgan shaxslar qabul qilinadi.

Bunda, pedagogika sohasidagi ta`lim yo`nalishlarida sirtqi ta`lim shakli bo`yicha o`qish istagida bo`lgan shaxslarning kamida besh yillik pedagogik ish stajiga ega ekanligi “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksidagi ma`lumotlar asosida belgilanadi.

    Boshqa yangiliklar