Bugun Shanxay hamkorlik Tashkilotining xotin-qizlar forumi bo`lib o`tdi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Gender tengligini ta`minlash bo`yicha komissiyasi a`zosi Saida Mirziyoeva xabar bermoqda.
Uning ta`kidlashicha, ushbu tashkilot ayollar tadbirkorligini qo`llab-quvvatlashda, xotin-qizlar huquq va manfaatlarini himoya qilishda faoldir.
"ShHT doirasida ayollar hamjamiyati shakllanib ulgurgan va unda nafaqat rejalar, yangi imkoniyatlar muhokama qilinadi, balki kelishuvlar doirasida erishilgan natijalar haqida ham ma`lumot almashiladi.
Mintaqamiz ayollari uchun iqtisodiy mustaqillik farovon hayot eshiklarini ochibgina qolmay, oilaviy va maishiy zo`ravonlikka qarshi kurashishga yordam beradi, kasbiy o`sish va mustaqil rivojlanish, o`zi va farzandlarining kelajagiga ishonch bilan qarash imkoniyatini beradi.
Bugun men ayollar tadbirkorligi tilida, ayollar uchun imkoniyatlar tilida gaplashmoqchiman hamda ayollarning muammolariga echim topilayotganini ko`rishni istardim. Va bunda biz shaxsiy erkinlik va moliyaviy mustaqillik yo`lini tanlagan minglab ayollar bilan hamfikrmiz", – deydi S.Mirziyoeva.






