1

​Qandli diabet asoratlari bolalar uchun qanchalik xavfli?

Salomatlik 20.08.2022, 14:00
​Qandli diabet asoratlari bolalar uchun qanchalik xavfli?

Ushbu savolga Sog`liqni saqlash vazirligi mutaxassislardan javob oldi. 

Shahnoza Azimova, bolalar endokrinologi, tibbiyot fanlari nomzodi:

— Epidemiologik tadqiqotlar natijalariga ko`ra, oxirgi o`n yil ichida qandli diabetning 1-turi bilan kasallanish, ayniqsa, 5 yoshgacha bo`lgan bolalar orasida ortib bormoqda. U autoimmun xastalik bo`lib, atrof-muhitdagi patogenetik omillar (toksin, virus) pankreatin beta-hujayralarni shikastlaydi. Zararlanish 70-80 foizga etgach, xastalikning klinik manzarasi namoyon bo`ladi. 

Agar o`z vaqtida tashxis va davo choralari ko`rilmasa, og`ir asoratlar yuzaga kelishi mumkin. 1 yoshgacha bo`lgan bolalar va chaqaloqlarda turli asosiy kasalliklar sababli qand miqdorining ko`tarilishi yoki gipperglikemik sindrom kuzatiladi. Qandli diabetning 1-turini davolash parhez saqlash, jismoniy harakatlar va insulinoterapiyadan iborat.

Bolalarda mazkur kasallik turi o`tkir kechadi. Ota-onadan ham, shifokordan ham bu davrda katta ma`suliyat talab qilinadi. Tezkor tashxislash va shu yo`sinda davolash jajji bemor ahvolini yaxshilaydi.

Qandli diabetning 1-turi autoimmun kasallik bo`lganligi uchun nasldan naslga o`tadi. 

Shunga qaramay, bola qat`iy parhezga amal qilsa, jismoniy faol bo`lsa va doimiy holati nazorat qilib borilsa, kasallikning kechki asorati oldi olingan bo`ladi. 

Agar aksi kuzatilsa, ko`z, buyrak faoliyatida buzilish qayd etiladi. Mayda va katta qon tomirlaridagi asoratlar bilan birga, bo`y o`smasligi va jinsiy rivojlanishning orqada qolishi holatlari kuzatiladi. Ushbu belgilar qandli diabetning kechki asoratlaridan hisoblanadi.
 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1