AsosiyDunyo

Angolada prezidentlik saylovida Joau Lourenso 51.08 foiz, muxolifatchi Adalberto Kosta Junior 44.05 foiz ovoz to`pladi

'Angolada prezidentlik saylovida  Joau Lourenso 51.08 foiz, muxolifatchi Adalberto Kosta Junior 44.05 foiz ovoz to`pladi'ning rasmi

24 avgust kuni Angolada prezidentlik hamda parlament saylovlari bo`lib o`tdi. Bu haqda O`zbekiston Markaziy saylov komissiyasi xabar qildi. 

Ma`lum qilinishicha, Angolada parlament saylovi 2 xil tarzda amalga oshiriladi: 130 o`rin uchun yopiq ro`yxatli proporsional tizimda, 90 nafari esa 18 ta okrugda  d'Hondt usulidagi ochiq ro`yxatli proporsional tizimda saylanadi.  

Ovoz berishda ishtirok etish uchun saylovchilar 18 yoshga to`lgan bo`lishi, qo`sh fuqarolikka ega bo`lmasligi, aqlan zaif va jinoiy javobgarlikka tortilmagan bo`lishi kerak.  

Angolada saylovlar ertalab 7:00 da boshlanib 17:00 da tugaydi. Angola saylov komissiyasining Al-Jazira nashriga xabar berishicha 86 % ovozlar sanab chiqilgan. Natijalarga ko`ra hukmron partiya MPLA 52 %, muxolifatdagi UNITA partiyasi 44.1 % ovoz to`plagan.  

Prezident saylovidagi dastlabki natijalarga ko`ra Joau Lourenso 51.08%, muxolifatchi Adalberto Kosta Junior 44.05 % ovoz to`plagan.  

Angolada ro`yxatdan o`tgan saylovchilar soni 13 million 973 ming kishini tashkil etadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar