Jizzaxda ayol o`z eri tomonidan o`ldirildi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, joriy yilning 2 sentyabr kuni Jizzax viloyati Zarbdor tumani Yangihayot mahallasida yashovchi er-xotin o`zaro janjallashib qoladi. Janjal davomida 39 yoshli erkak pichoq bilan ayolining ko`kragiga bir necha bor sanchib, og`ir tan jarohati etkazgan. Oqibatda ayol olgan tan jarohatlari sabab voqea joyning o`zida vafot etgan.
Qayd etilishicha, er-xotinning 3 nafar farzandi bo`lgan.