AsosiySiyosat

Kelgusi haftada Samarqandda ShHT etakchilarining 2019 yildan buyon birinchi yuzma-yuz uchrashuvi bo`ladi

'Kelgusi haftada Samarqandda ShHT etakchilarining 2019 yildan buyon birinchi yuzma-yuz uchrashuvi bo`ladi'ning rasmi

Kelgusi haftada Samarqand Shanxay hamkorlik tashkilotiga a`zo mamlakatlar Davlat rahbarlari kengashining majlisiga mezbonlik qiladi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi xabar qilmoqda. 

Ushbu tadbir ShHT etakchilarining 2019 yildan buyon birinchi yuzma-yuz uchrashuvi bo`ladi va O`zbekistonning tashkilotdagi raisligiga yakun yasaydi. 

O`zbekiston raisligi davrida asosiy e`tibor tashkilot doirasidagi hamkorlikning savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, sanoat kooperasiyasini ilgari surish, transport-kommunikasiya o`zaro bog`liqligini kengaytirish, raqamli transformasiya va "yashil" iqtisodiyot, ShHTning xalqaro nufuzini mustahkamlash kabi eng muhim ustuvor yo`nalishlariga qaratildi.  

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar