Rio Olimpiadasidagi ishtirokini 10 avgustdayoq yakunlagan o`zbekistonlik dzyudochi qiz Gulnoza Matniyozova braziliyalik futbol yulduzi Neymar bilan selfi tushdi. Bu haqda “Daryo” xabar bermoqda.
Surat 15 avgust, dushanba kuni Gulnozaning Instagram’dagi sahifasida e`lon qilingan. O`zbekistonlik va braziliyalik sportchilar aynan qaerda uchrashib qolganiga aniqlik kiritilmagan.