Ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarda “Asakabank” AJ hisob raqamidan 700 ming dollar o`g`irlangani haqida ma`lumotlar tarqaldi.
Bank holatga rasmiy izoh berib, ushbu hodisa mijozlarining jamg`armalariga ta`sir qilmasligini va ularning mablag`lari to`liq xavfsiz ekanligini ma`lum qildi.
“Bugungi kunda “Asakabank” AJ axborot tizimlariga amalga oshirilgan kiberxujumlar aniqlanmagan”, — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, aniqlangan barcha huquqbuzarlik holatlari bo`yicha materiallar belgilangan tartibda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yo`naltirilgan.
Eslatib o`tamiz, sal avval InFinBank ham bir guruh xalqaro moliyaviy firibgarlar hujumiga uchragan edi.






