Taniqli ijodkor bugun Yaroslavl viloyatida avtohalokatga uchragan va hayotdan ko`z yumgan. Bu haqda Milliy kinematografiyani rivojlantirish mareazi xabar bermoqda.
Yaqinlariga hamdardlik bildirganlardan biri, jurnalist Anton Krasovskiy shaxsiy blogida: «Sergey Puskepalis vafot etdi. O`rtoq va buyuk aktyor», deb post qoldirgan.
Ma`lumotlarga ko`ra, fojia tafsilotlari o`rganilmoqda. Hozircha, 56 yoshli Puskepalisdan tashqari avtomobil haydovchisi ham YTH qurboniga aylangani ochiqlangan.
P.S: Suratda ijodkor Furqat Usmonovga eng so`nggi intevyusini bermoqda.