AsosiyJamiyat

Qabristonlarda qabrlar atrofini to`siqlar bilan o`rash taqiqlanishi mumkin

'Qabristonlarda qabrlar atrofini to`siqlar bilan o`rash taqiqlanishi mumkin'ning rasmi

Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risidagi qaror loyihasi regulation.gov.uz portalida muhokamaga qo`yildi.

Agarda mazkur hujjat loyihasi amaliyotga tatbiq etilsa, qabrlar atrofini metall va boshqa to`siqlar (o`simliklardan iborat yashil to`siqlardan tashqari) bilan o`rab olish taqiqlanadi. Shu bilan birga, qo`shni qabrlar hududlarini va bo`sh er uchastkalarini o`zboshimchalik bilan egallab olinishiga yo`l qo`yilmaydi. 

Dafn etishga ruxsatni qabriston mudiri (nazoratchisi) faqat tibbiyot muassasasi tomonidan belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan o`lim haqidagi ma`lumotnoma yoki fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlari tomonidan berilgan o`lim to`g`risida belgilangan shakldagi tegishli hujjatlar taqdim etilganidan keyingina beradi. 

Mazkur muhokama 1 oktyabrga qadar davom etadi. 

    Boshqa yangiliklar