AsosiyJamiyat

Endi o`zbek hamshiralari Germaniya klinikalarida ishlashi mumkin

'Endi o`zbek hamshiralari Germaniya klinikalarida ishlashi mumkin'ning rasmi

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi va Shveysariyaning “GLOBOGATE Concept AG.” tashkiloti o`rtasidagi hamkorlik kelishuviga asosan tajribali tibbiyot xodimlarini Germaniya sog`liqni saqlash muassasalariga ishga jalb qilish dasturi ishlab chiqilgan.

SSV xabariga ko`ra, nomzodlarga quyidagi talablar qo`yilmoqda:

  • Umumiy hamshiralik uchun ish tajribasi — shifoxonaning turli bo`limlarida kamida 4 yil, reanimasiya va intensiv terapiya yo`nalilishida esa 2 yil (faqat bemorlarni parvarishlagan) bo`lishi;
  •  39 yoshdan oshmagan bo`lishi;
  •  shifoxonada ish tajribasiga ega bo`lishi (stomatolog, o`qituvchilik va dorishunoslik, ginekologiya, shoshilinch tez tibbiy yordam, pediatriya, poliklinika-patronaj, akusherlik sohasida ishlagan nomzodlar qabul qilinmaydi);
  • sudlanmaganlik;
  • jismonan va ruhan sog`lomlik;
  • tibbiyot kolleji (faqat 3 yillik diplom yoki oliy ma`lumotli hamshiralik)ni tamomlagan bo`lishi;
  •  bemorlarga g`amxo`rlik qilish qobiliyatiga ega bo`lishi;
  • Toshkent shahrida tashkil etiladigan nemis tili kurslarida 10 oy davomida o`qish (2 bosqichli tanlovlardan muvaffaqiyatli o`tgan nomzodlargina dasturda ishtirok etadi);
  • nomzodlar nemis tili kurslarida qatnashayotgan vaqtda mehnat faoliyati bilan shug`ullanmasligi;
  • Toshkent shahridagi Gyote instituti imtihonlaridan muvaffaqiyatli o`tishi;


Loyihada ishtirok etish istagida bo`lgan fuqarolarga quyidagi sharoitlar yaratib beriladi:

  •  Toshkent shahrida bepul turarjoy;
  •  o`quv xonasi;
  •  oylik stipendiya.

 

Shuningdek, "GLOBOGATE Concept AG." quyidagi xarajatlarni qoplab beradi va xizmatlarni kafolatlaydi:

  •  nemis tili o`qituvchisi va o`quv materiallari;
  •  til darajasi uchun Toshkentdagi Gyote institutida imtihon topshirish;
  •  hujjatlarni tarjima qilish va tasdiqlash;
  •  o`quv dasturini muvaffaqiyatli tamomlagan nomzodlar uchun viza olish va Germaniyada ishga joylashish;
  • Toshkent xalqaro aeroportidan Germaniyaga aviachipta va Germaniyadagi aeroportdan ish joyigacha transfer; mehnat sharoitlari nemis hamshiralari bilan bir xil (oylik 2 100 evrodan, 3 oylik kasbiy ta`limdan so`ng 3 100 evrodan boshlanadi) va butun jarayon davomida doimiy qo`llab-quvvatlash.


Ro`yxatdan o`tish uchun

 Murojaat uchun: 71-202-33-55 (ichki raqamlar 40, 88) yoki 1282 qisqa raqami.

    Boshqa yangiliklar