Vatanimiz mustaqilligining 25 yillik bayramini keng nishonlashga qizg`in tayyorgarlik ko`rilayotgan shu kunlarda Farg`ona viloyati Uchko`prik tumanida ijtimoiy dorixona ish boshladi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.
Ayni paytda yurtimizdagi 150 ga yaqin farmasevtika korxonasida 1 ming 500 nomdagi turli dori vositalari ishlab chiqarilmoqda.
Farmasevtika sanoatini rivojlantirish, aholi va davolash-profilaktika muassasalarini keng turdagi sifatli dori-darmon bilan ta`minlashda "Dori-darmon" aksiyadorlik kompaniyasining alohida o`rni bor. Mustaqilligimizning 25 yilligi bayrami oldidan kompaniya tomonidan joylarda 60 ga yaqin ijtimoiy dorixonalar ishga tushirilmoqda.