1

O`zbekiston bolalar mehnatidan voz kecha olgan eng yaxshi toifadagi davlat – AQSh Mehnat vazirligi

Jamiyat 29.09.2022, 10:37
O`zbekiston bolalar mehnatidan voz kecha olgan eng yaxshi toifadagi davlat – AQSh Mehnat vazirligi

AQSh Mehnat vazirligi o`zining hisobotida ("TDA Report") 2011 yildan beri birinchi marta O`zbekistonni bolalar mehnatining eng yomon shakllariga barham berish bo`yicha sa`y-harakatlar samaradorligi bo`yicha “sezilarli taraqqiyot”ning eng yaxshi toifasiga kiritdi.

Bu majburiy va bolalar mehnatiga qarshi kurashish borasida olib borilayotgan samarali davlat siyosati, shuningdek, ushbu sohada jinoiy javobgarlikning xalqaro standartlarga to`liq mos ravishda kuchaytirilgani tufayli erishilgani alohida ta`kidlandi.

“O`zbekiston haqiqatan ham qisqa vaqt ichida ta`sirchan taraqqiyotga erisha oladigan namunali davlatga aylanmoqda", – dedi AQSh Mehnat vazirligining Bolalar va majburiy mehnat bo`yicha boshqarmasi rahbari Marsia Eugenio.

Bundan tashqari, O`zbekiston erishgan yutuqlarni inobatga olgan holda, AQSh Mehnat vazirligi mamlakatda ishlab chiqarilgan paxtani “Bolalar va majburiy mehnatdan foydalangan holda ishlab chiqarilgan mahsulotlar ro`yxati”dan chiqarilishini e`lon qildi. Ushbu qaror O`zbekistonda ishlab chiqarilgan paxta va undan tayyorlangan mahsulotlarni AQShga olib kirishga qo`yilgan rasmiy cheklovlarni bekor qiladi va shu orqali to`qimachilik mahsulotlarini eksport qilish uchun yangi imkoniyatlar ochadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1