Avval xabar qilganimizdek, Toshkentda ShHTning Samarqand sammiti yakunlariga bag`ishlangan xalqaro konferensiya o`z ishini boshladi.
Sammitda Sh.Mirziyoev tomonidan ilgari surilgan umumiy xavfsizlik va farovonlik yo`lidagi Samarqand birdamligi tashabbusiga alohida e`tibor qaratilmoqda.
Xususan, Markaziy Osiyo bo`yicha Kembrij forumi raisi Siddxart Saksena Sh.Mirziyoev bo`lingan Markaziy Osiyoni birlashtirgani, hamkorlikda olg`a borish uchun ShHTdagi hamkorlarini “Samarqand ruhi”ni baham ko`rishga ko`ndirganini ta`kidladi.
"O`zbekistonning yangi qarashlari tufayli ShHT rivojlanish tashkilotiga aylanmoqda", - deya ta`kidladi Siddxart Saksena.