AsosiyJinoyat

Qizlarni Toshkentdan Turkiyaga fohishalik qilish uchun yuborayotgan ayollarga sud hukmi o`qildi

DXX matbuot xizmati "darakchi.uz"ga odam savdosi bilan shug`ullangan ayollarning jinoyatla...

'Qizlarni Toshkentdan Turkiyaga fohishalik qilish uchun yuborayotgan ayollarga sud hukmi o`qildi'ning rasmi

DXX matbuot xizmati "darakchi.uz"ga odam savdosi bilan shug`ullangan ayollarning jinoyatlari tafsilotlari haqida ma`lumot taqdim etdi.  

Ma`lum qilinishicha, Toshkent viloyatining O`rtachirchiq tumanida yashovchi, 1999 y.t. “M.R.” (ayol) hamda Nurafshon shahrida istiqomat qiluvchi, 2000 y.t. “Q.A.” (ayol) o`zaro til biriktirib, qizlarni Turkiya davlatiga fohishalik bilan shug`ullanish uchun yuborishgan.

Turkiyada yashovchi “A” ismli ayol esa qizlarga aviachipta sotib olish, ularni kutib olish hamda fohishalik bilan shug`ullantirish ishlariga mas`ul bo`lgan.

Jumladan, 2022 yilning aprel oyi boshlarida “M.R.” va“Q.A.”lar Toshkent shahrida yashovchi, 1992 y.t. “A.A.”ni Turkiya davlatiga borib, fohishalik bilan shug`ullanish orqali har oyda 2 ming AQSh dollari ishlab topishga qiziqtirishgan hamda dastlabki “daromadi”ning teng yarmini ularga berishi kerakligini tushuntirishgan.

O`z navbatida Turkiya davlatida yashovchi “A” ismli ayol “A.A.”ga xorijga chiqish pasporti olishi uchun 50 AQSh dollari va “Toshkent-Istambul-Anqara” yo`nalishi bo`yicha aviachipta yuborgan.

DXX xodimlari tomonidan IIV hamkorligida o`tkazilgan tezkor tadbirda “M.R.” qizni Toshkent xalqaro aeroportiga olib kelib, Turkiya davlatiga yubormoqchi bo`lgan vaqtida qo`lga olindi.

Shuningdek, tezkor-qidiruv tadbirlari jarayonida uning sherigi “Q.A.” ham ushlandi.

Ularga nisbatan Jinoyat Kodeksining 135-moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borildi.

Joriy yilning avgust oyida jinoyat ishlari bo`yicha Mirobod tuman sudi tomonidan “M.R.”ganisbatan 3 yil va “Q.A.”ga nisbatan esa 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. 

Lekin “Q.A.”ni oilaviy sharoitini, ikki nafar voyaga etmagan farzandlari borligini inobatga olib, Jinoyat Kodeksining 72-moddasi qo`llanilib, tayinlangan ozodlikdan mahrum qilish jazosi shartli hisoblanib, 2 yil sinov muddati belgilandi. 

Boshqa yangiliklar

'Bektemir tumani soliq inspeksiyasi xodimlari pora bilan qo‘lga tushdi'ning rasmi

Jinoyat 26.05.2026 02:54

Bektemir tumani soliq inspeksiyasi xodimlari pora bilan qo‘lga tushdi

Soliq inspeksiyasi sho‘ba boshlig‘i tadbirkordan 4 million so‘m pora olgan vaqtida qo‘lga tushdi.

'Tekshiruvni “bosdi-bosdi” qilish va’dasi qimmatga tushdi'ning rasmi

Jinoyat 25.05.2026 14:35

Tekshiruvni “bosdi-bosdi” qilish va’dasi qimmatga tushdi

Dehqonobodda tekshiruvni pul evaziga hal qilmoqchi bo‘lganlar ushlandi.

'Buxoroda tuman sog'liqni saqlash bo'limi rahbari pora bilan qo'lga tushdi'ning rasmi

Jinoyat 25.05.2026 02:37

Buxoroda tuman sog'liqni saqlash bo'limi rahbari pora bilan qo'lga tushdi

Buxoro viloyatidagi tumanlardan birining sog‘liqni saqlash bo‘limi boshlig‘i pora olgan vaqtida ushlandi.

'Termizda 217 tup daraxt noqonuniy kesgan shaxslarga chora ko‘rildi'ning rasmi

Jinoyat 23.05.2026 11:33

Termizda 217 tup daraxt noqonuniy kesgan shaxslarga chora ko‘rildi

Daraxtlar noqonuniy kesilishi bo‘yicha sobiq amaldor aybdor deb topildi.

'Toshkent hududlarida yarim million so‘mdan ortiq elektr energiyasi o‘g‘irlandi'ning rasmi

Jinoyat 23.05.2026 09:39

Toshkent hududlarida yarim million so‘mdan ortiq elektr energiyasi o‘g‘irlandi

Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar qildi.

'Toshkentda ko‘knori yetishtirgan shaxs ushlandi'ning rasmi

Jinoyat 23.05.2026 09:22

Toshkentda ko‘knori yetishtirgan shaxs ushlandi

Issiqxonada 435 tup ko‘knori yetishtirib kelayotgan shaxs aniqlandi.