Toshkent shahridagi trikotaj korxonalari Bo`zsuv kanalidagi suvlarni zararlamoqda

Jamiyat 02.10.2022, 08:41
Toshkent shahridagi trikotaj korxonalari Bo`zsuv kanalidagi suvlarni zararlamoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati, Zangiota tumanidagi "Toshkent shahar suv ta'minoti" MChJga qarashli Bo`zsuv aerostansiyasidan chiqayotgan, etarli darajada tozalanmagan suvlar Bo`zsuv kanaliga tashlanayotganligi haqida xabarlar tarqaldi.

Davlat ekologiya qo`mitasi  tomonidan holat o`rganilganda Toshkent shahridagi trikotaj mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarning ish jarayonlarida hosil bo`ladigan oqova suvlari birlamchi lokal tozalash inshootiga tozalanmasdan, to`g`ridan-to`g`ri tashlanayotanligi, natijada aerostansiyaning suv tozalash samaradorligi pasayib ketganligi va suvning rangi o`zgarishiga sabab bo`lgani aniqlandi.  

Ta`kidlanshicha, Qo`mitasi korxona mutasaddilariga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, birlamchi lokal tozalash inshootining  belgilangan meyorlar asosida ishlashini qat`iy nazoratga olishlarini aytgan. Buning uchun esa Koreya tajribasi sinovidan o`tgan elektron monitoring tizimini (ifloslantiruvchi moddalarni elektron o`lchash uskunasi) o`rnatish yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirilgan. Suv  tozalash inshootlariga ifloslantiruvchi moddalarni me`yoridan ortiqcha tashlab kelayotgan korxonalarning qonuniy javobgarligini ta`minlash  kelgusida bunday holatlarning oldini olishda yuqori samara berishini ta`kidlandi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1