Buxoroda o`g`il o`z onasining qotiliga aylandi. Bosh prokuratura matbuot xizmati "darakchi.uz"ga ushbu mudhish jinoyat tafsilotlarini ma`lum qildi.
Aniqlanishicha, 2022 yil 28 sentyabr kuni soat 19:43 larda G`ijduvon tumanida yashovchi N.H. onasi M.O. bilan yashash uyiga begona erkaklarni olib kelmaslik masalasida o`zaro tortishib, janjal qiladi.
Janjal paytida N.H. oshxona pichog`ida onasining chap elka yuqori kismi, ko`krak qafasi va qo`ltiq osti sohasiga bir martadan, jami 3 marotoba urib, qasddan o`ldirgan.
Sud tibbiy ekspertizaning dastlabki ma`lumotiga ko`ra, marhuma M.O.ning o`limiga chap o`pkasini teshib o`tib, yurak aorta tomirini jarohatlanishi oqibatida kelib chiqqan o`tkir massiv ichki qon ketishi sabab bo`lgan.
Ish bo`yicha sudga oid tibbiyot, kriminalistika - texnika
hamda biologiya ekspertizalari tayinlandi.
Jinoyat ishi bo`yicha G`ijduvon tuman prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.