1

O`zbekistonda yaqin qarindoshlar o`rtasida nikoh tuzish taqiqlanishi mumkin

Jamiyat 03.10.2022, 19:45
O`zbekistonda yaqin qarindoshlar o`rtasida nikoh tuzish taqiqlanishi mumkin

O`zbekistonda yaqin qarindoshlar o`rtasida nikoh tuzishga taqiq qo`yilishi mumkin. Bu bo`yicha qonun loyihasi Oila va xotin-qizlar davlat qo`mitasi tomonidan Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirildi.

Unga ko`ra, hozirgi kunda jamiyat rivojlanishining zamonaviy xususiyatlari oilalarni mustahkamlash, farzandlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, nikoh tuzishga monelik qiladigan holatlar, shu jumladan yon shajara bo`yicha yaqin qarindoshlar o`rtasida nikoh tuzishning oldini olishga qaratilgan qonunchilik hujjatlarini takomillashtirishni taqozo etmoqda.

Shuningdek, ushbu qonun oilaviy majburiyatlarning bajarilishini ta`minlash, oilaviy munosabatlar ishtirokchilarining o`z huquqlarini himoya qilish, etkazilgan moddiy va ma`naviy zararni qoplash, yon shajara bo`yicha yaqin qarindoshlar o`rtasida nikoh tuzishning oldini olish, nikoh shartnomasi va farzandlikka olish institutlarini takomillashtirish, boladan alohida yashayotgan ota(ona)larning ota-onalik huquqini samarali amalga oshirishga xizmat qilishi alohida qayd etilgan.

Ma`lumot uchun, 2021 yilning iyul-dekabr oylari holatiga ko`ra, O`zbekistonda qarindoshlar o`rtasidagi nikoh bo`yicha 1210 ta holat qayd etilgan. Ularning aksariyati Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlariga to`g`ri keladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1