Toshkentda yangi 3 ta metrobekatning qurilishi yakunlanmoqda

Jamiyat 06.10.2022, 15:12
Toshkentda yangi 3 ta metrobekatning qurilishi yakunlanmoqda

Toshkentda er usti metrosining 2-bosqichi “Qo`yliq – Quruvchilar” yo`nalishining 7-bekatdan 12-bekatgacha bo`lgan 8,5 kilometrlik uchastkasida qurilish ishlari  amalga oshirilmoqda. Bu haqda "O`zbekiston temir yo`llari" xabar bermoqda. 

Qo`yliq bozoridagi 7-bekatdan 8-, 9- hamda 10-bekatlar Mirobod hamda Sergeli tumanidan o`tgan Toshkent halqa avtomobil yo`li yoqasida joylashgan bo`lib, ayni paytda mutaxassislar tomonidan 7-bekatdan 10-bekatgacha bo`lgan masofada qurilish jarayonining barcha temir-beton ishlari tugatilib, yangi va mustahkam relslar to`liq o`rnatib bo`lindi. 8-bekat Qo`yliq-1 mavzesida joylashgan bo`lib, yo`lning o`ng tomoni ko`p qavatli uylar bo`lsa, chap tomonida aholi xonadonlaridan iborat katta-katta mahallalar joylashgan.

Bugungi kungacha 8-bekatda asosiy ishlarning qariyb 95 foizi bajarib bo`lindi. Mazkur bekat 2 qavatdan iborat bo`lib, birinchi qavatda jami 28 ta xona qurilgan. Bu erda asosiy qurilish va pardozlash ishlarining qariyb 99 foizi yakuniga etgan. 

Ushbu yo`nalishning 10-bekati Sergeli tumanidagi Qo`yliq-7 mavzesida joylashgan bo`lib, metro yo`nalishining Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi Xonobod ko`chasiga burilish yaqinida joylashgan. 10-bekatda ham asosiy qurilish ishlari tugatilib, so`nggi pardozlash ishlari amalga oshirilmoqda.

8-, 9-hamda 10-bekatlardagi qurilish jarayoni va so`nggi pardozlash ishlarini kuzatib, keng, yorug` va ko`rkam har bir bekat o`ziga xos dizaynda, ayniqsa, binolarning tashqi qoplamasi sifatli va har qanday ob-havoga chidamli marmar va bir-biriga o`xshamagan ko`rkam rangdagi kafel mahsulotlari bilan bezatilgan. 

Ta`kidlanishicha, mavjud 3 ta bekatda zamonaviy lift va eskalatorlar ham o`rnatildi.

Ta`kidlanishicha, er usti metrosini qurilishi jarayonida bajarilayotgan ishlarning sifati bo`yicha Davlat arxitektura va qurilish nazorat inspeksiyasi hamda “O`zdavtemiryo`lnazorat” inspeksiyasi tomonidan muntazam nazorat olib borilmoqda. 

Mutaxassislar fikriga ko`ra, er usti metro yo`nalishining 2-bosqichidagi 5 ta bekat qurish va 8,5 kilometrlik uchastka yo`llarida po`lat izlar o`rnatish ishlari joriy yil yakuniga qadar yakunlanishi belgilangan. Mazkur yo`nalish bir kunda 40 mingga yaqin yo`lovchiga xizmat ko`rsatish quvvatiga ega bo`ladi.

Ushbu bosqich qurib bitkazilishi bilan Toshkent metropolitenining jami uzunligi 70 kilometrdan ziyod bo`ladi. Bekatlar soni 50 taga etadi. Metroda yuruvchi kunlik yo`lovchilar soni 600 minggacha oshadi. 245 ta yangi ish o`rni yaratilib, metro harakatining tannarxi, aholining jamoat transportiga xarajati va kutish vaqti sezilarli qisqaradi.

Toshkentda er usti metrosining 2-bosqichi qurib bitkazilishi bilan Toshkent metropolitenining jami uzunligi 70 kilometrdan ziyod bo`ladi. Bekatlar soni 50 taga etadi. Metroda yuruvchi kunlik yo`lovchilar soni 600 minggacha oshadi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1