AsosiyShou-biznes

"Yillar davomida qilingan mehnatga “dog` tekkazib” qo`yishdan qo`rqanman” Nilufar Usmonova nega konsert dasturi uzoq yillik ijodiy faoliyatga qaramasdan endigina birinchi marta berilayotgani haqida gapirdi (video)

'"Yillar davomida qilingan mehnatga “dog` tekkazib” qo`yishdan qo`rqanman”            Nilufar Usmonova nega konsert dasturi uzoq yillik ijodiy faoliyatga qaramasdan endigina birinchi marta berilayotgani haqida gapirdi (video)'ning rasmi

Xalqlar do`stligi san`at saroyida o`zining dastlabki konsertini muxlislar e`tiboriga havola etishgan shaylangan Nilufar Usmonovaning repetisiya jarayonlarida ijodiy jamoamiz bilan ishtirok etdik. Nilufar Usmonova bizga dastlab nega konsert dasturi uzoq yillik ijodiy faoliyatga qaramasdan endigina birinchi marta berilayotgani haqida so`zladi.  

 “Har bir narsaning o`z vaqti, sotadi bor, deganlaridek men ham shoshilishni yoqtirmayman. Onamni muxlislari men ham qo`llab-quvvatlashadi. Ularni bergan ishonchiga, yillar davomida qilingan mehnatga “dog` tekkazib” qo`ishdan qo`rqanman”.  

 – Hammaga ma`lum Nilufar Usmonovaning repertuarida juda ko`p qo`shiqlar bor. Konserda yangraydigan qo`shiqlar qanday tanlandi?

 — Bir yarim yil davomida telegram, instagram, feysbuk sahifalarimda so`rovnoma o`tkazdik. Qaysi biriga ko`proq ovoz eg`ilgan bo`lsa o`shalarni tanladik. Muxlislar tomonidan tanlangan barcha qo`shiqlarni konsert programmmasiga sig`dirishga maksimal darajada xarakat qildik.

Ijodiy jamoada saund prodyuser sifatida ishlayotgan Ixtiyor Abdunabievning so`zlariga ko`ra, konsert kuni yaqinlashgani sayin repetisiyalar avj olmoqda va ijodiy jamoa muxlis qarshisiga chiqishga tayyor.

 – Uzoq kutilgan birinchi konsert bo`lganligi sabab xayojan bo`lishi tabiiy. Lekin konsert yaqinlashgani sayin repetisiya jarayoni avj olmoqda. Xullas biz muxlislar qarshisiga chiqishga tayyormiz”, — deydi u.

Bundan tashqari Nilufar Usmonovaning navbatdagi rejalari bilan ham qiziqdik.

"Bu “stop” emas, bu “start”. 15-16 oktyabrda biz shu “start”ni bosamiz. Undan keyin ham konsertlarimiz bo`ladi, o`ylab qo`ygan rejalarimiz bor. Ularni rejasi ham 100 foiz yozilgan, faqat hozircha ular haqida ko`p gapirolmayman ”, - deydi xonanda.

 

Oybek Shukurov.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar