AsosiyShou-biznes

"Bankrot bo`ldim, oilam ham barbod bo`ldi" Dilso`zning turmush o`rtog`i Farruh Raimov prezidentdan yordam so`ramoqda (video)

'"Bankrot bo`ldim, oilam ham barbod bo`ldi" Dilso`zning turmush o`rtog`i Farruh Raimov prezidentdan yordam so`ramoqda (video)'ning rasmi

Xonanda Farruh Raimov Dilso`z bilan oilasi barbod bo`lganini aytib, prezidentdan yordam so`ramoqda. Bu haqda u o`zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida e`lon qildi.

"Assalomu alaykum hurmatli Shavkat Mirziyoev. Bugun qalbimga Alloh solgani uchun sizga videomurojaat qilishga qaror qildim", - deydi u nutqini boshlarkan.

"Yurtimizda 10-15 yildan beri bayram tadbirlarida oilaviy xizmat qilamiz. Orttirgan pulimizga yashash uchun joy sotib olgan edik. O`sha erni o`zidan-o`zi "ko`tarib" bo`lmaydi. O`sha vaqt mablag`imiz etarli emas edi. Bu erni sotib, birinchi biznesimiz, ya`ni tadbirkorlik bilan shug`ulanib ko`raylik degan maqsadda texnik ko`rik ochishni rejalashtirdik. Davlat akkreditasiya markazidan 4 oy davomida imtixondan o`tib, endi ruxsatnoma olib, ishni boshlaymiz deganimizda texnik ko`rikning ba`zi shartlari o`zgardi. Bizning ishimiz to`xtab, bankrotga o`chradik", — deydi Farruh Raimov.

Xonandaning so`zlariga ko`ra, mazkur muammo oilasining buzilishiga ham sabab bo`ldi.

"Sarflagan pullarimizning hammasi havoga uchib ketdi. Shundan ozgina vaqt o`tgandan keyin oilaviy kelishmovchiliklar kelib chiqdi. 4 nafar farzandim bor. Oilam ham barbod bo`ldi, shu sababli videomurojaat yo`llashga majyuur bo`ldim", - deydi u.

Raimov so`zini yakunlarkan, ayni paytda juda qiyin vaziyatda ekanini aytadi.

— Hurmatli Shavkat Miromonovich menga amaliy yordam ko`rsatishingizni iltimos qilaman. Mayli kimdir kular, kimdir achinar, lekin bu achchiq haqiqat. Hozir juda qiyin ahvoldaman.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar