AsosiyDunyo

BMT Bosh Assambleyasida Ukrainaning hududiy yaxlitligi uchun ovoz berildi

'BMT Bosh Assambleyasida Ukrainaning hududiy yaxlitligi uchun ovoz berildi'ning rasmi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi Moskvadan Ukrainaning Donesk, Zaporoje, Lugansk va Xerson viloyatlarining ayrim viloyatlarining maqomi haqidagi qarorlarni bekor qilishni talab qildi. Bu haqda BMTning rasmiy saytida xabar qilindi. 

Ma`lum qilinishicha, BMT Bosh Assambleyasi 143 nafar yoqlab, 5 nafari qarshi va 35 nafar betaraf ovoz bilan “Ukrainaning hududiy yaxlitligi: BMT Nizomi tamoyillariga rioya qilish” rezolyusiyasini qabul qildi. Unda davlatlar Rossiya Federasiyasi tomonidan noqonuniy referendumlar tashkil etishni qoralaganlar.

Bosh Assambleya Ukrainaning xalqaro miqyosda tan olingan chegaralari, jumladan, hududiy suvlari doirasidagi suvereniteti, mustaqilligi, birligi va hududiy yaxlitligiga sodiqligini yana bir bor tasdiqladi.

“Bosh Assambleya Rossiya Federasiyasi tomonidan Ukrainaning xalqaro tan olingan chegaralari doirasidagi hududlarda noqonuniy referendumlar o`tkazish hamda Ukrainaning Donesk, Zaporoje, Lugansk va Xerson viloyatlarini noqonuniy anneksiya qilishga urinishlarni qoralaydi”, - deyiladi qabul qilingan qarorda.

Rossiyaning 2022 yil 23-27 sentyabr kunlari Ukrainaning Donesk, Zaporoje, Lugansk va Xerson viloyatlarida o`tkazilgan noqonuniy referendumlar va keyinchalik bu hududlarni noqonuniy ravishda anneksiya qilishga urinishi bo`yicha “noqonuniy harakatlari” yuridik kuchga ega emasligini ta`kidlandi.

Rezolyusiyada barcha davlatlar, xalqaro tashkilotlar va BMTning ixtisoslashgan idoralari Rossiya Federasiyasi tomonidan Ukrainaning Donesk, Zaporoje, Lugansk va Xerson viloyatlarining birortasi yoki barchasining maqomiga kiritilgan o`zgarishlarni tan olmaslikka chaqiriladi. 

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi Moskvadan Ukrainaning ayrim hududlari maqomi bo`yicha 2022 yil 21 fevral va 29 sentyabrdagi qarorlarini “hududiy yaxlitlik va suverenitetni buzgani uchun” darhol va so`zsiz bekor qilishni talab qildi. Bu Ukraina va BMT Nizomi tamoyillariga ziddir. Assambleya Rossiyaning barcha qurolli kuchlarini Ukraina hududidan xalqaro tan olingan chegaralari doirasida zudlik bilan, to`liq va so`zsiz olib chiqib ketishni talab qildi.

 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar