AsosiyJamiyat
6054

Toshkent viloyatida yuz bergan yong`in oqibatida 3 kishi jabrlandi

24 avgust kuni Toshkent viloyati Zangiota tumanida katta yong`in sodir bo`ldi.

“Chig`atoy-Oqtepa” QFY da joylashgan bo`yoq ishlab chiqarish sexida, soat 14.00 da yong`in sodir bo`lgan. Toshkentshahar IIB YoXBning bergan ma`lumotiga ko`ra, voqea joyiga poytaxtdan uchta yong`inga qarshi kurash brigadasi yuborilgan. Soat 15.00 da yong`in batamom o`chirilgan.  Binoning ichki qismi, undagi barcha jihozlar, buyumlar  va 0,4  t bo`yoqsuyultirgich yonib ketgan. Yong`in oqibatida korxonaning 3 nafar xodimi tan jarohati olgan.

Ulardan biri 18 yoshli yigit 75%, 2-3 darajali kuyish jarohatini olgan. Barcha jabrlanganlar Toshkent medisina akademiyasining  kuyish markaziga yotqizilgan. Yong`in sabablari tekshirilmoqda.

Boshqa yangiliklar