1

Toshkentda Ozarbayjon yozuvchisi Aziza Jafarzodaning o`zbek tilida nashr etilgan "Boku 1501" tarixiy romanining taqdimoti bo`lib o`tdi

Madaniyat 21.10.2022, 11:25
Toshkentda Ozarbayjon yozuvchisi Aziza Jafarzodaning o`zbek tilida nashr etilgan "Boku 1501" tarixiy romanining taqdimoti bo`lib o`tdi

Toshkentda Ozarbayjon yozuvchisi Aziza Jafarzodaning o‘zbek tilida nashr etilgan "Boku 1501" tarixiy romanining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek Tili va Adabiyoti Universitetida O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi tashabbusi bilan Xalq yozuvchisi Aziza Jafarzodaning Toshkentda O‘zbek tilida nashr etilgan "Boku 1501" tarixiy romanining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazining xabar berishicha, O‘zbekistonda Ozarbayjon adabiyoti va madaniyati kunlari doirasida o‘tkazilgan tadbirda Ozarbayjon Milliy Majlisi Madaniyat qo‘mitasi raisi Ganira Pashayeva, Bokudan kelgan boshqa mehmonlar,O‘zbekiston adabiyoti, madaniyati va san'ati namoyandalari, oliy o‘quv yurtlarining professor o‘qituvchilari, talabalar, jurnalistlar ishtirok etdi.

Universitet prorektori, professor Sulton Normatov rektor Shuhrat Sirojiddinovning tadbir ishtirokchilariga murojaatini o‘qib eshittirdi. U O‘zbekiston bilan Ozarbayjon o‘rtasida kun sayin rivojlanib borayotgan madaniy va adabiy aloqalar haqida so‘z yuritdi.

Taqdimotda universitet dotsenti, Fuzuliy Markazining rahbari Gulbaxor Ashurova Aziza Jafarzoda hayoti va ijodi haqida gapirib, Ozarbayjon tarixiga oid ajoyib san'at asari bo‘lgan kitobning ahamiyatini alohida ta'kidladi.

Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbasov taniqli yozuvchi, olim, professor Aziza Jafarzoda ijodini tasvirlab, ijodining ayrim tomonlari haqida so‘zlab berdi. Tarixiy romanlar muallifi Aziza Jafarzoda ijodi haqida gapirar ekan, Boku 1501 asari haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi, Sovet davrining bestselleriga aylangan asar davlatchilikning shonli tarixiga oydinlik kiritishini ta'kidlab, diplomat ushbu asarning . Ozarbayjon yerlarini bir butun birlashtirib, yirik imperiya tuzgan shoh Ismoil Xatoiyga bag‘ishlanganligini ta'kidladi. S. Abbasov Xatoiyning davlat rahbari va adabiyotimizning taniqli vakili sifatidagi xizmatlari haqida gapirdi.

Yozuvchi turkiylik g‘oyalarini asos qilib olib, ham adabiyotshunos olim, hamda tarixiy romanlar yozgan yozuvchi sifatida Ozarbayjon adabiyoti va tarixining ma'lum davrlari haqida ajoyib, esda qolarli asarlar yaratganligi qayd etildi.

Ozarbayjon Milliy Majlisi Madaniyat qo‘mitasi raisi, deputat Ganira Pashayevaning aytishicha, olim sifatida Aziza Jafarzoda bir qator baxshi va shoirlarning asarlarini to‘plab, nashr etgan. "Fatma xonim Kamina", "Yurak urishi ", "Ozarboyjonning baxshi va shoira ayollari", "Shirvonning uch shoiri", " Mujrum Karim Vardoniy, Sunbuliston", " Abdulla Padarli. Tanlangan asarlari"," Har novdasidan bir yaproq " kitoblari shular jumlasidandir.

Deputat 1979 yilda yozuvchi tug‘ilgan hozirgi Hojiqabul tumanining Hojili qishlog‘ida o‘z mablag‘lari hisobiga o‘rta maktab va klub binosini qurganini ta'kidladi. U har doim Ozarbayjon mustaqilligi va Armaniston tajovuziga qarshi harakatning yetakchisi va faol ishtirokchisi bo‘lgan vatandosh yozuvchisi edi.

"Boku 1501" romanini o‘zbek tiliga tarjima qilgan taniqli jurnalist va tarjimon Rustam Jabborov asarning mazmun-mohiyati haqida gapirib, bu roman Ozarbayjonda ham, O‘zbekistonda ham sevib o‘qilishiga ishonch bildirdi.

Tadbir davomida o‘zaro sovg‘alar topshirildi.

So‘ngra Ozarbayjon va O‘zbekiston Xalq artisti Gulyanog Mammadova Ozarbayjon qo‘shiqlari va romanslarini ijro etdi. Samarqandda bo‘lib o‘tgan Sharq taronalari xalqaro musiqa festivalining Gran-Pri sovrindori,faxriy artist Sohib Pashazoda torda unutilmas musiqiy kuylarni ijro etdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1