Buyuk Britaniyaning yangi bosh vaziri Rishi Sunak Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan birinchi telefon suhbatini o`tkazdi va u Kievni qo`llab-quvvatlashda davom etishga va`da berdi. Bu haqda "daily.com" xabar bermoqda.
"Bosh vazirning ta`kidlashicha, Birlashgan Qirollik o`zining Bosh vazir sifatidagi faoliyati davomida Ukrainaga xuddi shunday kuchli yordamni ko`rsatishda davom etadi", - deyiladi Britaniya hukumati rahbari idorasi xabarida.
Qayd etilishicha, Britaniya bosh vaziri va Ukraina prezidenti Rossiyaga qarshi “iqtisodiy sanksiyalar siyosatini davom ettirish zarurligi to`g`risida kelishib olgan”.
Bundan tashqari, Sunak Zelenskiy bilan shaxsiy uchrashuvga umid bildirdi.
Eslatib o`tamiz, Hindiston muhojirlarining o`g`li bo`lgan sobiq moliya vaziri, 42 yoshli osiyolik Sunak hokimiyatdan chetlatilgan Liz Trass o`rniga Buyuk Britaniyaning yangi bosh vaziri bo`ldi.