1

O`zbekiston bozorlaridagi mahsulotlar narx-navosi ma`lum qilindi

Iqtisodiyot 28.10.2022, 11:36
O`zbekiston bozorlaridagi mahsulotlar narx-navosi ma`lum qilindi

Davlat statistika qo`mitasi ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlarini e`lon qildi. 

Qo`mitasi tomonidan hududiy markaziy dehqon bozorlarida o`tkazilgan kuzatuv natijalari bo`yicha alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlari 2022 yil 26 oktyabr holatiga ko`ra quyidagicha:

Suyakli mol go`shti (1 kg) ➖ 49 500 – 78 000 so`m

Qo`y go`shti (1 kg) ➖ 58 000 – 91 000 so`m

Kartoshka (1 kg) ➖ 2500 – 6000 so`m

Piyoz (1 kg) ➖ 2000 – 5000 so`m

Sabzi (1 kg) ➖ 1 500 – 5 000 so`m

Tuxum (10 dona) ➖ 9000 – 16 000 so`m

Guruch (1 kg) ➖ 5000 – 26 000 so`m

O`simlik yog`i (1 l) ➖ 16 500 – 30 000 so`m

Shakar (1 kg) ➖ 12 000 – 17 000 so`mni tashkil etmoqda. 

Ma`lum qilinishicha, bunda dehqon bozorlari hududidagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari hisobga olingan. Supermarket, minimarket, do`konlardagi narxlar inobatga olinmagan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1