"O`zgidromet" ertaga, 2 noyabr kuni O`zbekistonda kuzatiladigan ob-havo haqida ma`lumot berdi.
Ma`lum bo`lishicha, Toshkent shahrida havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol g`arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 11-13° iliq bo`ladi.
QORAQALPOG`ISTON VA XORAZM VILOYaTI
Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol g`arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 7-12° iliq bo`ladi.
BUXORO, NAVOIY VILOYaTLARI
Havo o`zgarib turadi, kechasi va ertalab ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol g`arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 10-15° iliq, kunduzi 13-18° iliq bo`ladi.
TOShKENT, SAMARQAND, JIZZAX SIRDARYo VILOYaTLARI
Havo o`zgarib turadi, yomg`ir yog`adi, ba`zi joylarda kuchli bo`ladi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 8-13° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo`ladi.
QAShQADARYo, SURXONDARYo VILOYaTLARI
Havo o`zgarib turadi, yomg`ir yog`adi, ba`zi joylarda kuchli bo`ladi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol g`arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 10-15° iliq, kunduzi 14-19° iliq bo`ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG`ONA VILOYaTLARI
Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 8-13° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo`ladi.
RESPUBLIKANING TOG`LI HUDUDLARI
Havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik (yomg`ir, qor), ba`zi joylarda kuchli bo`ladi. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi va kunduzi 2-7 iliq bo`ladi.






