Avval xabar berganimizdek Buxoroda «Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi» bo`lib o`tmoqda.
Turizm va madaniy meros vazirligi tomonidan tashkillashtirlgan mazkur haftalikda bir qancha muhim tadbirlar o`tkazilishi rejalashtirilgan.
Xususan, uning bugun bir qator kelishuvlarga erishildi.
Jumladan, Buxoro viloyat hokimligi va BAAlik yozuvchi Nosir al Daheri O`rtasida anglashuv memorandumi imzolandi.

Unga ko`ra:
- Tomonlar Buxoro viloyati hokimligi va BAAlik yozuvchi Nosir Al Daheri o`rtasida teng huquqlilik, o`zaro hurmat va manfaatdorlik asosida munosabatlar o`rnatadi;
- yozuvchi pandemiyaga qadar buyuk qomusiy alloma Imom al-Buxoriy haqida serial olish ishlarini boshlaganini inobatga olib, ushbu serialning davomini O`zbekistonlik mutaxassislar, ilmiy muassasalar bilan hamkorlikda Buxoroda suratga olish bo`yicha hamkorlik qiladi;
- O`zbekistondagi Arab tilini o`rgatuvchi ta`lim muassasalari xususan, Buxorodagi Mir Arab madrasasida arab tilini samarali yo`l bilan zamonaviy metodika (intensive course) asosida o`qitish yuzasidan hamkorlikni yo`lga qo`iladi.
4-bandga asosan:
BAAda zamonaviy va raqamli xizmatlar sohasi (ayniqsa, mehmonxona boshqaruvi, umumiy ovqatlanish, logistika)ga ixtisoslashgan oliy ta`lim muassasalari tajribasidan foydalanib, qo`shma o`quv dasturlari tashkillashtirish choralarini ko`rish belgilandi.
5-band
Birlashgan Arab Amirliklarining yirik shaharlarida O`zbekiston madaniyat kunlari tadbirlarini o`tkazish. Tadbir doirasida Amirlikning mashhur adiblari ishtirokida madaniy tadbirlar tashkil etish.
Buxoro viloyat hokimligi va islomiy turizm markazi (ITC), Malayziya Turizm, san`at va madaniyat vazirligi o`rtasidagi anglashuv memorandumi:
1-band
Ikkala tomon ham “Ziyorat” turizmining umumiy rivojlanishiga ko`maklashish, xususan, hududda sayyohlik oqimini rivojlantirish uchun hamkorlikni kuchaytirish.
2-band
2023 yildan boshlab Buxoro shahrida har yili iyul oyida Imom Al-Buxoriy tavalludiga bag`ishlab, hadis ilmini o`rganish bo`yicha xalqaro simpozium o`tkazish. Tadbir doirasida qomusiy olimning ilmiy merosiga qiziquvchi nufuzli olimlar va ulamolarni jalb qilish.
3-band
Buxoro shahrida joylashgan muzeylar va madaniy meros ob`ektlarida saqlanayotgan asori-atiqalar, nodir qo`lyozmalar va asarlarni ilmiy o`rganish va tadqiq etish maqsadida ushbu yo`nalishda faoliyat olib borayotgan olimlarni jalb qilish.
4-band
Ikki tomonlama hamkorlikda 3 oylik va 6 oylik qo`shma o`quv seminarlari tashkil etish orqali 2023 yil davomida 200 ga yaqin turizm sohasi vakillarini (gid-ekskursovod, afisiant, oshpaz hamda muzey xodimlari va boshqalar) malakasini oshirish hamda kurs yakuni yuzasidan sertifikatlar berish.
5-band
Malayziya Islom Turizm Markazi tajribalari asosida Buxoro viloyatiga bag`ishlangan 10 turdan ortiq ziyorat turizmi yo`nalishida ilmiy qo`llanmalar va targ`ibot materiallari, “Halal Guide Book for Bukhara” maxsus qo`llanma ishlab chiqish.
6-band
Ikkala tomon ham o`zaro manfaatli bo`lishi uchun turizm sohasidagi hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlari bo`yicha axborot va fikr almashish.
7-band
Tomonlardan birining iltimosiga ko`ra, Tomonlar o`z ishbilarmonlari bilan uchrashuvlar o`tkazishni tashkil etishga va bunday uchrashuvlarga yordam berish.
8-band
Ikki tomon turizm sohasidagi hamkorlikni yaxshilash va kengaytirish maqsadida kadrlar tayyorlash bo`yicha malaka oshirish maqsadida bir-biriga yordam berish.
9-band
Har ikki tomon turizmni rivojlantirishga oid siyosat va turizmga sarmoya kiritish imkoniyatlarini o`z ichiga olgan turizmni targ`ib qiluvchi materiallar va boshqa turistik ma`lumotlarni almashish.
Buxoro viloyat hokimligi va Jahon So`fiy markazi (WSC) o`rtasida anglashuv memorandumi:

1-band
Tomonlar Buxoro viloyati (O`zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati) va Jahon So`fiylar Markazi (WSC) o`rtasida teng huquqlilik, o`zaro hurmat va manfaatdorlik asosida munosabatlar o`rnatadi.
2-band
2023 yil mart oyida Buxoro shahrida butun dunyodan 500 nafarda ortiq xorijiy ishtirokchilarni jalb etgan holda “Xalqaro Naqshbandiya” festivalini tashkil qilishda hamkorlikni yo`lga qo`yishga kelishib olish.
3-band
Kuala-Lumpur, Jakarta, Dakka, Lahor, Karachi, Islomobod, Amritsar, Dehli, Istanbul, Dubay shaharlaridan Buxoroga to`g`ridan-to`g`ri aviaqatnovlarni yo`lga qo`yish bo`yicha Butunjahon So`filar Markazi (WSC) va xorijiy aviakompaniyalar bilan muzokaralar olib borish.
4-band
2027 yilga borib ikki tomonlama hamkorlik natijasida Xalqaro Naqshbanliya festivali ishtirokchilari sonini 3000 nafarga etkazish bo`yicha amaliy ishlarni olib borish.
5-band
Festival tashkil qilish maqsadida mehmonxona, ovqatlanish nuqtalari va boshqa turizm infrastruktura ob`ektlarida halol standartlar asosida xizmat ko`rsatishni tashkil etish.
6-band
Ikki tomonlama hamkorlik natijasida Buxoroning turizm salohiyatini xorijda keng targ`ibot qilish orqali sayyohlar oqimini oshirish.
7-band
Naqshbandiya tariqatining yirik namoyondalari tomonidan yaratilgan ilmiy qo`lyozmalar va tarixiy manbaalarni birgalikda tadqiq etish. Bunda mahalliy va xorijiy olimlar ishtirokini ta`minlash.
Buxoro viloyat hokimligi va BAA xalqaro madaniy diplomatiya instituti kuzatuv kengashi o`rtasida anglashuv memorandumi:

1-band
Tomonlar Buxoro viloyati hokimligi va BAA Xalqaro Madaniy Diplomatiya Instituti Kuzatuv Kengashi (IICD) o`rtasida teng huquqlilik, o`zaro hurmat va manfaatdorlik asosida munosabatlar o`rnatadi.
2-band
Ikki tomonlama turizm targ`iboti yo`nalishida hamkorlikni yo`lga qo`yish hamda qo`shma loyihalar asosida xalqaro ahamiyatdagi tadbirlarni tashkil etish.
3-band
Birlashgan Arab Amirliklari hamda O`rta-Sharq mintaqasidagi salohiyatli media konsalting kompaniyalarini Buxoro viloyatiga jalb etish orqali o`zaro investision loyihalarni amalga oshirish.
4-band
Birlashgan Arab Amirliklarida o`tkaziladigan xalqaro turizm yarmarkalarida Buxoroning salohiyatli turistik kompaniyalari ishtirokini ta`minlash hamda Buxoroda o`tkaziladigan simpozium, ko`rgazma, konferensiya va festivallarda BAAning tegishli tashkilotlaridan delegasiyalar ishtirokini tashkil etish.
5-band
Hozirgi kunda Markaziy Osiyo davlatlarining bir qancha shaharlaridan BAA poytati Abu Dabi shahriga o`ta-arzon (ultra low-coster) avia reylari yo`lga qo`yilgan bo`lib, noyabr oyidan boshlab Samarqand shahridan ham mazkur qatnovlar yo`lga qo`yilmoqda. Mazkur turdagi aviaqatnovlarni Buxoroga ham yo`naltirish choralarini ko`rish.
6-band
Ikki tomonlama hamkorlikda qo`lyozma asarlarni o`rganish va islom xattotligi bo`yicha tadqiqotlar olib borish.






