AsosiyJamiyat

Samarqandda sammit sababli qolib ketgan darslarning o`rni qanday to`ldiriladi?

'Samarqandda sammit sababli qolib ketgan darslarning o`rni qanday to`ldiriladi?'ning rasmi

Samarqanddagi maktab o`quvchilarining ShHT sammiti sabab qoldirilgan dars soatlari o`quv yili davomida ta`tillar hisobidan to`ldirilishi haqida xabar berilgan edi. Viloyat xalq ta`limi boshqarmasi darslar o`tkaziladigan sanalar haqida ma`lumot berdi.

Samarqandda sentyabr oyida ShHT davlat rahbarlarining oliy darajadagi sammiti o`tkazilishi munosabati bilan Samarqand shahridagi maktablarda darslar 19 sentyabrdan boshlangandi.

Xalq deputatlari Samarqand shahar kengashining qaroriga ko`ra, Samarqand shahridagi umumiy o`rta ta`lim muassasalariga, shuningdek, Oqdaryo,Toyloq, Samarqand tumanlarining mahalliy kengashlari qarorlari va Jomboy tuman hokimligining tegishli farmoyishiga asosan, Samarqand tumanidagi 3 ta (7-, 23-, 53-), Toyloq tumanidagi 5 ta (11-, 12-, 15-, 17-, 59-), Oqdaryo tumanidagi 5 ta (25-, 38-, 39-, 41-, 48-), Jomboy tumanidagi 6 ta (5-, 6-, 8-, 22-, 20- va 44-sonli) umumta`lim maktablariga 5-19 sentyabr kunlari navbatdan tashqari ta`til berilib, qoldirilgan dars soatlari o`quv yili davomida beriladigan ta`tillar hisobiga qoplanishi belgilangan.

Shunga ko`ra, muassasalarda qoldirilgan darslar kuzgi ta`til (4, 5, 7 va 8 noyabr hisobidan, 9, 10, 12, 13, 14 sentyabr kunlari qoldirilgan darslar o`rni qishki ta`til kunlarining oxirgi 5 kuni hisobidan, jami 5 o`qish kuni; 2022 yilning 15, 16,17 sentyabr kunlari qoldirilgan dars mashg`ulotlari o`rni 2023 yil bahorgi ta`tilning oxirgi 3 o`qish kuni hisobidan to`ldiriladi.

    Boshqa yangiliklar