AsosiyJamiyat

O`zbekistonda havo harorati nol darajadan pasayishi kutilmoqda

'O`zbekistonda havo harorati nol darajadan pasayishi kutilmoqda'ning rasmi

9-11 noyabr kunlari janub viloyatlardan tashqari barcha hududlarda tunlari harorat nol darajadan pasayishi prognoz qilinmoqda. "O`zgidromet" bu haqda xabar berdi

Unda tunlari shimolda -5 darajagacha, Ustyurt platosida -8 darajagacha, janub viloyatlarda nol darajagacha, boshqa viloyatlarda -3 darajagacha sovuq bo`lishi prognoz qilingan. 

Doktorant Abdulahatovning ma`lum qilishicha, markazida atmosfera bosimi 1035 gPa gacha bo`lgan antisiklon markaziy qismining respublika hududlaridan o`tishi haroratni sezilarli darajada pasayishiga olib keladi.  

Quyida barcha viloyatlar uchun "O`zgidromet" keltirgan ma`lumotlar bilan tanishing:

QORAQALPOG`ISTON RESPUBLIKASI

Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 8 noyabrda kechasi 0-5° iliq, ba`zi joylarda 2° sovuqgacha, kunduzi 4-9° iliq; Usyurtda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 0-5° iliq, 9-11 noyabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 4-9° iliq bo`ladi.

XORAZM VILOYaTI

Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 8 noyabrda kechasi 0-5° iliq, ba`zi joylarda 2° sovuqgacha, kunduzi 6-11° iliq; 9-11 noyabrda kechasi 2° sovuq-3 iliq, kunduzi 6-11° iliq bo`ladi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 8 noyabrda kechasi va kunduzi 4-9° iliq;

9-11 noyabrda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 6-11° iliq; Navoiy viloyatining shimolida 8 noyabrda kechasi 0-5° iliq, ba`zi joylarda 2° sovuqgacha, kunduzi 4-9° iliq; 9-11 noyabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 4-9° iliq bo`ladi.

TOShKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYo VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, 8 noyabrda ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. 9-11 noyabrda yog`ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 8 noyabrda kechasi va kunduzi 5-10° iliq; 9-10 noyabrda kechasi 0-5° iliq, ba`zi joylarda 2° sovuqgacha, kunduzi 5-10° iliq; 11 noyabrda kechasi 0-5° iliq, ba`zi joylarda 2° sovuqgacha, kunduzi 8-13° iliq bo`ladi.

QAShQADARYo, SURXONDARYo VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, 8 noyabrda ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. 9-11 noyabrda yog`ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 8 noyabrda kechasi va kunduzi 7-12° iliq; 9-10 noyabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 7-12° iliq; 10-11 noyabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo`ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG`ONA VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, 8 noyabrda ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. 9-11 noyabrda yog`ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 8 noyabrda kechasi va kunduzi 5-10° iliq; 9-10 noyabrda kechasi 0-5° iliq, ba`zi joylarda 2° sovuqgacha, kunduzi 5-10° iliq; 11 noyabrda kechasi 0-5° iliq, ba`zi joylarda 2° sovuqgacha, kunduzi 8-13° iliq bo`ladi.

RESPUBLIKANING TOG`LI HUDUDLARI

Havo o`zgarib turadi, 8-9 noyabrda vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik (yomg`ir, qor), 8 noyabrda ba`zi joylarda kuchli bo`ladi, 10-11 noyabrda yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushadi. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 8 noyabrda kechasi va kunduzi 3° sovuq-2°iliq; 9-10 noyabrda kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq; 11 noyabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 2-7° iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar