Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahrida Turkiy davlatlar tashkilotining birinchi sammiti o`tkazilishi munosabati bilan hududdagi oliy ta`lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarga ta`til berilishi haqida turli xabarlar tarqalmoqda.
Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi rasmiy bayonot berib, ular asossiz ekani ma`lum qildi.
Qayd etilishicha, o`sha kunlari Samarqanddagi barcha oliy o`quv yurtlarida tasdiqlangan o`quv jadvaliga ko`ra dars jarayonlari odatdagidek davom etadi.






