AsosiyJamiyat

Xorazmda navbatdagi er oldi-sotdisi bilan bog`liq jinoyat fosh etildi

'Xorazmda navbatdagi er oldi-sotdisi bilan bog`liq jinoyat fosh etildi'ning rasmi

Fuqaro N.C.ning Xorazm viloyati IIB JQB Er resurslari talon-toroj qilinishiga qarshi kurashish bo`linmasiga qilgan murojaatiga asosan, viloyat prokuraturasi bilan hamkorlikda tezkor tadbir o`tkazildi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar bermoqda.

Xabarda ma`lum qilinishicha, fuqaro A.J. Urganch tumani G`aybu mahallasidagi tuman hokimligi zaxirasida bo`lgan 0,40 gektar bo`sh turgan er maydonini 600 mln. so`mga sotishga kelishib, kelgusida yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali hujjatlarni rasmiylashtirib berishni va`da qilib, kelishilgan pullardan 50 mln. so`mini ariza muallifidan firibgarlik yo`li bilan olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan  A.J.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 25,168-moddasi 4-qismi "a" bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borishga kirishilgan.

    Boshqa yangiliklar