AsosiyJamiyat
19041

Toshkentning markaziy ko`chalaridan birida yong`in sodir bo`ldi (Foto)

Bugun Toshkent shahrining sobiq Navoiy savdo rastalari orqasidagi ochiq maydonda yong`in sodir bo`ldi. 

 

Toshkent shahar IIV YoXBB tomonidan olingan ma`lumotlarga ko`ra, mazkur mazkur hududda  yuzaga kelgan yong`in haqida soat 14:24 tezkor xabar kelib tushgan. Soat 14:53 da hodisa joyiga o`t o`chirish brigadalari etib borgan. Qurigan o`t yonishi oqibatida kelib chiqqan yong`in 800 kv.metr hududni qamrab olgan.

 

Tahminlarga ko`ra, yong`in kelib chiqishiga yonib turgan tamaki qoldig`i tashlab ketilganligi sabab bo`lgan. 
Ayni damda o`t to`liq o`chirilgan.

 

Boshqa yangiliklar