20-25 noyabr kunlari Isroilning Quddus shahrida shaxmat bo`yicha terma jamoalar o`rtasida jahon chempionati o`tkaziladi. Bu haqda "Olamsport" xabar bermoqda.
Ushbu musobaqada 12 ta terma jamoa ishtirok etadi va unda O`zbekiston terma jamoasi yigitlari ham g`oliblik uchun kurashadilar.
Vakillarimiz musobaqaga quyidagi tarkibda jo`nab ketishgan:
Nodirbek Yakubboev
Javohir Sindarov
Shamsiddin Vohidov
Jahongir Vohidov
Ortiq Nigmatov
Abdimalik Abdisalimov
Murabbiy: Ivan Sokolov
Delegasiya rahbari: Husan Turdaliev.