Yaponiya imperatori O`zbekiston hukumati a`zosini oliy darajadagi ordeni bilan mukofotladi. Bu haqda Turizm va madaniy meros vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
Ma`lum qilinishicha, Tokiodagi Imperator saroyida O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o`rinbosari – Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimovga “Chiqayotgan Quyosh Katta Kordon Ordeni"ni topshirish marosimi bo`lib o`tdi. An`anaga ko`ra, ordenni Yaponiya imperatori Naruxito Bosh vazir Fumio Kishido ishtirokida topshirdi.

Aziz Abduhakimovning “Chiqayotgan Quyosh Katta Kordon Ordeni" bilan taqdirlanishi Yaponiya va O`zbekiston o`rtasidagi do`stona munosabatlarni mustahkamlashga qo`shgan ko`p yillik hissasi e`tirof etilganini tasdiqlaydi.
Qayd etilishicha, mazkur orden 1875 yildan beri berib kelinayotgan bo`lib, Yaponiyadagi eng qadimgi va "Chiqayotgan Quyosh Ordeni"ning eng yuqori darajasi (6-daraja) hisoblanadi.






