"Ofiser 55" seriali – o`zbek kinematografiyasida yangi bosqich ekani aytilmoqda

Madaniyat 30.11.2022, 16:06
"Ofiser 55" seriali – o`zbek kinematografiyasida yangi bosqich ekani aytilmoqda

Kinematografiya agentligi va Toshkent shahar IIBB bilan hamkorlikda «Ofiser 55» kino seriali suratga olindi.

Kino serial, ichki ishlar organlarini xizmat faoliyatiga bag`ishlangan. Filmda ularning o`ziga xos og`ir xizmatida duch keladigan turli vaziyatlardan qanday chiqishi, halqimiz tinchligi va osoyishta hayoti uchun jonini berishga tayyor ekanligi aks etgan. Shuningdek, ularning professional tayyorgarligi va prezidentning mazkur sohaga qaratayotgan e`tibori va olib borilayotgan katta islohatlari ochib beriladi. 

Filmning asosiy maqsadi yoshlar o`rtasida jinoyatchilikni oldini olish, narkotrafikning iskanjasiga tushmasliklari, ularni ijtimoiy foydali mehnatga jalb qilish, ularni professional kadr etib tayinlash, qolaversa, mazkur sohaga qiziqishini oshirishdan iborat. Voqealar Toshkent shahrida yuz beradi.

Filmdagi Toshkent shahar IIBB jinoyat qidiruv tezkor vakili kapitan Rustam Qodirov professional tayyorgarlikka ega, mazkur sohada o`ziga hos tajriba va taktikaga ega xodim. Barcha og`ir jinoyatlarni tez va issiq izidan ochish borasida kasbdoshlari orasida hurmat qozongan bo`lib ayniqsa, uning boshlig`i jinoyat qidiruv boshqarmasi boshlig`i podpolkovnik Ravshan O`rinov uning iqtidoriga ko`p yillardan beri ishonadi va unga eng muhim vazifalarni topshiradi.

Kapitan Rustam Qodirovga shaharda noma`lum sabablarga ko`ra vahshiyona o`ldirib ketilgan taniqli biznesmen oilasining qotillik jinoyat ishini ochish topshiriladi. Oilaning 3 nafar a`zosi o`ldirilib, 6 oylik chaqaloq esa o`g`irlab ketilgan. Hayot tajribasida bunday jinoyatga duch kelmagan kapitan Qodirov darhol ishga kirishadi. Ammo jinoyatchi ham oddiy emas, professional bo`lib, o`zidan iz qoldirmaydiganlardan. Kapitan Qodirov ishga qanchalik kirishgani sari, mazkur jinoyat orqali boshqa jinoiy qilmishlar va jinoiy guruhlar a`zolari aniqlanadi. Ish shu darajaga taqaladiki, kapitan Qodirov boshi berk ko`chaga kirib qoladi, mazkur jinoyat bilan uning o`tmishi bog`liqligi ma`lum bo`ladi. Mazkur guruhlar ortida kapitan Qodirovga tegishli bo`lgan shaxslar nomoyon bo`ladi.

Qodirovning hamkasbi Katta leytenant Lola Maxsudova, o`ziga ishongan, irodali va g`ayratli xodim. Kapitan Qodirov bilan ko`p yillardan beri xizmat qiladi va unga hurmati cheksiz. Ammo katta leytenant Maxsudova ishga kirishib mazkur ishda aynan kapitan Qodirovning o`zi aralashganlikda gumonlari paydo bo`ladi va hamkasbi mayor Usmonov Sanjar bilan birlashadi.

Mayor Usmonov o`z ustida ishlovchi, o`zining taktikasiga ega, iqtidorli tezkor vakil bo`lib, kapitan Qodirovni oldindan suymaydi. Ish chigallashib, oraga kapitan Sherzod Siddiqov kiradi. Kapitan Qodirov jinoyatni ochishga qanchalik harakat qilmasin, jinoiy guruh uning rejalaridan aniq voqif bo`layotganliklarini va vaqtida chora ko`rayotganliklarni tushunib etadi. Kapitan Qodirov o`zining ichida “kalamush” borligini lekin aynan kim ekanligini aniqlashga kirishadi. Katta leytenant Lola Maxsudova, mayor Usmonov, kapitan Siddiqov, hatto Boshliq podpolkovnik Ravshan O`rinovda kapitan Qodirovning o`ziga shubha uyg`onadi...

Cerialda asosiy rollarni aktyorlar Jamshid Asadov, Erkin Bozorov, Anton Paxomov, Feruza Yusupova, Nigina Anarbaeva, Boris Gafurov, Nigora Karimbaeva, Abror Yo`ldoshev, Anastasis Dmiropolislar ijro etgan. 

Rossiya Federasiyasidan maxsus asosiy rollardan birini ijro etish uchun taklif qilingan aktyor Anton Paxomov “Ofiser 55” filmida bosh rollardan birini ijro etgan. Taniqli aktyor 3 marotaba Rossiya Federasiyasi (zolotaya maska) sovrindori bo`lgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1